Toshkentda bir qator ko‘chalar qayta nomlandi
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 29 dekabr kungi qarori bilan yangi ko‘chalarga nom berildi va ba'zi ko‘chalar qayta nomlandi.
Shahar hokimiyati ma'lumotiga ko‘ra, 5,1 kilometrlik Nurafshon ko‘chasi Olmazor tumanidagi Beruniy ko‘chasidan boshlanib, Shayxontohur tumanidagi Xurshid ko‘chasigacha davom etadi va Nurafshon aylanma ko‘chasi deb nomlanadi, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi va Parkent ko‘chasi oralig‘ida yaqinda ochilgan ko‘cha esa Taraqqiyot ko‘chasining davomi bo‘ldi.
Uchtepa va Shayxontohur tumanida joylashgan Mannon Uyg‘ur ko‘chasi Ko‘kcha darvoza deb qayta nomlangan. Ko‘kcha Darvoza ko‘chasining o‘zi esa Qoratosh ko‘chasining bir qismi bo‘lish o‘rniga, Ko‘kcha Darvoza tor ko‘chasiga aylangan.
Yakkasaroy tumanidagi Muqimiy va Bobur ko‘chalarini yo‘lo‘tkazgich orqali bog‘laydigan yangi ko‘cha Muqimiy ko‘chasining davomi bo‘ladi.
Olmazor tumanidagi Taraqqiyot ko‘chasi boshqa tumanda ham shu nomli ko‘cha mavjudligi sababli Dilsaroy deb qayta nomlangan.
Yunusobod tumanida sobiq radiostansiya hududidagi eski ko‘cha Qanoat ko‘chasi nomini olgan.
Mavzuga oid
13:49 / 16.08.2024
Toshkentda ikki nafar bola ko‘p qavatli uy xonadonidagi yong‘indan qutqarildi
10:43 / 30.07.2024
Toshkentda xorijga yuborishni va’da qilgan shaxsning yonidan qalbaki 8400 dollar chiqdi
11:04 / 26.06.2024
Toshkentda gul do‘konida janjal uyushtirgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
08:16 / 20.06.2024