Fan-texnika | 19:07 / 12.01.2017
22812
2 daqiqa o‘qiladi

Eng yaxshi dizaynga ega avtomobillar aniqlandi

EyesOn Design Award har yillik tanlovi hakamlar hay'ati Detroytdagi motorshouning eng yaxshi dizaynga ega yangiliklarini aniqladi. Ekspertlar kontseptlar va seriyali avtomobillar o‘rtasidagi g‘oliblarni ma'lum qilishdi.

Kontseptual modellar yo‘nalishida eng yaxshi dizayn uchun mukofot Nissan Vmotion 2.0’ga berildi. U markaning bo‘lajak sedanlari dizayni yo‘nalishini ko‘rsatib berdi. Bundan tashqari, kontsept “ranglar, grafika va materillarni innovatsion qo‘llash” uchun ham mukofotga loyiq topildi.
Detroytda seriyali yangiliklar orasida Kia’ning tarixdagi eng kuchli modeli - Stinger fastbeki sovringa ega chiqdi. U 3,3 litrli 355-kuchli “oltilikka” ega (motor tarkibiga shuningdek ikki litrli 255 ot kuchiga ega bo‘lgan turbomotor ham kirdi).

Lexus LS yangi avlod sedani tanlov hay'ati tomonidan “ichki qismni eng yaxshi jihozlash” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotga ega chiqdi. Seriyali “traklar” (yo‘ltanlamaslar, minivenlar va hokazo) orasida esa 2018 model yilgi Chevrolet Traverse eng yaxshi deb topildi. Kontseptual “traklar” orasida eng yaxshi dizayn sohibi deb - Volkswagen I.D. Buzz kontsepti tan olindi.

Shuningdek, tanlov hay'ati BMW’ning yangi avloddagi “beshi”ni ham mukofotga loyiq ko‘rdi. Sedan eng omadli foydalanuvchilar interfeysi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Mavzuga oid