Jahon | 00:44 / 12.01.2017
32679
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShga kiberhujumlar ortida Rossiya turganini tan oldi

Foto:AP

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp Nyu-Yorkdagi matbuot anjumanida AQSh Demokratik partiyasi milliy qo‘mitasi serveriga buzib kirish ortida aynan Rossiya turgan bo‘lishi mumkinligini aytdi, biroq boshqa davlatlar ham shunga o‘xshash harakatlarni amalga oshirgan bo‘lishlari mumkinligini istisno qilmadi.  

"Buzib kirishga kelsak, fikrimcha, bu Rossiya bo‘lgan. Biroq biz boshqa davlatlar ortidan ham kuzatishimiz lozim, chunki u yerlarda ham xakerlar bor", deb aytdi Tramp.

Tramp bunday davlatlar qatorida Xitoy ham bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Mavzuga oid