Jamiyat | 16:26 / 13.01.2017
19466
1 daqiqa o‘qiladi

Biznes yuritish uchun eng yaxshi va eng yomon mamlakatlar ro‘yxati e'lon qilindi

Agar qaysi mamlakatda biznes yuritish haqida bosh qotirayotgan bo‘lsangiz, ushbu xabar sizga asqatishi mumkin. Forbes jurnali tomonidan tuzib chiqilgan reytingda soliqlar va ma'muriy to‘siqlarga kamroq duch kelishingiz mumkin bo‘lgan mamlakatlar ketma-ketligi tuzib chiqilgan. Shunga ko‘ra, undagi eng yaxshi va eng yomon mamlakat o‘nligini e'tiboringizga havola qilamiz. 

Shunday qilib, Forbes talqini bo‘yicha biznes yuritish uchun eng yaxshi mamlakatlar o‘nligi:

1. Shvetsiya

2. Yangi Zelandiya

3. Hongkong

4. Irlandiya

5. Buyuk Britaniya 

6. Daniya

7. Niderlandiya

8. Finlyandiya

9. Norvegiya

10. Kanada

Mazkur ro‘yxatning quyi o‘ntaligiga kirgan mamlakatlar: 

10. Efiopiya

9. Jazoir

8. Zimbabve

7. Kongo Demokratik Respublikasi

6. Laos

5. Venesuela

4. Yaman

3. Haiti

2. Gambiya

1. Chad

 

Mavzuga oid