Markaziy bank 14 yanvar kuni Uzcard to‘lov tizimi ishlamasligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi
«O‘zbektelekom» 13 yanvar kunining birinchi yarmida O‘zbekiston to‘lov axborot tizimlari 14 yanvar kuni vaqtincha ishlamasligini ma'lum qildi.
UZMOBILE kompaniyasi saytida «O‘zbekiston Markaziy banki tarmog‘idagi profilaktika ishlari munosabati bilan 2017 yil 14 yanvar kuni soat 9:00dan soat 18:00gacha bo‘lgan oraliqda to‘lov tizimlari vaqtincha ishlamasligi» haqida axborot berilgandi. Mazkur axborot UZMOBILE abonentlariga SMS-xabar ko‘rinishida yuborildi va vaqtincha noqulaylik uchun uzr so‘raldi ham.
Lekin kunning ikkinchi yarmida Markaziy bank va Umumrespublika yagona protsessing markazi (UOPM) to‘lov tizimlari faoliyatida uzilish bo‘lishi haqidagi xabarni inkor qildi.
«UOPM tomonidan hech qanday profilaktika ishlari rejalashtirilmayotganini rasman ma'lum qiladi. Karta egalari to‘lovlarni moneliksiz amalga oshirishlari mumkin. Uzcard to‘lov tizimi odatdagi tartibda ishlaydi», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
11:21
Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi
19:16 / 12.12.2024
“Eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni ayirboshlashda cheklovlar yo‘q” – Markaziy bank
13:16 / 12.12.2024
Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
17:52 / 11.12.2024