Kot-d'Ivuarda isyonchilar hukumat bilan kelishuvga keldi
Kot-d'Ivuarda isyon ko‘targan harbiylar mamlakat hukumati bilan tartibsizliklarga olib kelgan maoshlar bo‘yicha kelishuvga keldilar. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Harbiylar vakilining aytishicha, kelishuvga mamlakat mudofaa vaziri Alen-Rishar Donvaxi boshchiligidagi delegatsiya bilan Buake shahrida erishilgan.
Avvalroq isyonchilar hukumat va harbiy delegatsiyalar a'zolari bo‘lgan bu shaharni qurshab olganlari va shahardan chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘yishgani ma'lum qilingandi.
Ushbu Afrika davlatida maoshlarning oshirilishini talab qilgan bir guruh harbiylar 6 yanvarga o‘tar kechasi huquq-tartibot muassasalari xodimlari bilan otishmaga kirishib, Buake shahridagi politsiya bo‘limlaridan qurol o‘g‘irlashgan. Shundan keyin ular shaharga kirish joylarida jangovar pozitsiyalarni egallab olishgan. Keyinroq yana ikki shahar – Daloa va Korogoda ham isyonlar ko‘tarilgan. Yaxshi qurollangan isyonchilar ba'zi yo‘llar ustidan nazoratni qo‘lga olishgan. Xavfsizlik kuchlari tartibsizliklar yuz bergan aholi punktlarini tark etishgan.
Mavzuga oid
18:36 / 11.05.2023
Harbiylar nega qo‘llarini boshiga qo‘yib “chest” beradi? – harbiycha salomlashish tarixi
16:40 / 09.05.2023
“Faqat hujjatlarda mavjud edik xolos”. 30 yillik sir ostida unutilganlar - birinchi “musulmon bataloni” haqida
18:55 / 22.07.2022
Qirg‘izistonlik harbiylarning O‘zbekiston harbiy OTMlarida o‘qishi tashkillashtiriladi
21:29 / 19.01.2022