Samolyotdagi mushtlashuv favqulodda qo‘nish bilan yakunlandi
Middle Eastern Airlines aviakompaniyasining Bayrutdan Londonga uchib ketayotgan samolyoti yo‘lovchisi parvoz vaqtida samolyot bortida yuz bergan mushtlashuvni videoga oldi.
Videodan ko‘rinishicha, katta yoshli erkak yosh yigitga musht tushiradi. Shundan keyin ular orasida mushtlashuv chiqib ketadi. Qolgan yo‘lovchilar va samolyot ekipaji to‘polonchilarni ajratishga tushib ketishadi.
Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, voqea erkak styuardessaga tanbeh berishidan boshlangan. Yigitning styuardessaning yonini olmoqchi bo‘lgani katta yoshli erkakning g‘azablanishiga sabab bo‘lgan.
Mushtlashuv sabab samolyotni Istanbul aeroportiga favqulodda qo‘ndirishga to‘g‘ri kelingan.
Mavzuga oid
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
21:38 / 05.09.2024
AQSh Dominikanda Maduroga tegishli ikkinchi samolyotni aniqladi
20:50 / 23.08.2024