O‘zbekiston | 19:59 / 16.01.2017
5487
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Yaponiya parlamenti delegatsiyasini qabul qildi

16 yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga tashrif buyurgan Yaponiya parlamenti maslahatchilar palatasi deputati Yuxey Yumashita boshchiligidagi parlament missiyasini qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma'lum qildi.

Delegatsiya tarkibida deputatlar Mizuxo Onuma, Yuka Miyazava, Mitsuko Ishii ham bor.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida «Taraqqiyotga rasmiy ko‘mak» nomli Yaponiya hukumat dasturi doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuvda Yaponiya elchisi Nobuaki Ito ishtirok etdi.

Mavzuga oid