Jahon | 18:04 / 16.01.2017
7816
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston sobiq prezidentining akasi Qandahordagi terakt oqibatida halok bo‘ldi

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzayning amakivachchasi Hoshim Karzay 10 yanvar kuni Qandahorda uyushtirilgan terakt vaqtida olingan jarohatlari tufayli olamdan o‘tdi. Bu haqda Khaama Press xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Hoshim Karzay shu kungacha Hindistondagi shifoxonalardan birida edi.

10 yanvar kuni Qandahor viloyatida mahalliy gubernator va BAAning Afg‘onistondagi elchisi o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida portlash ro‘y berdi. Terakt oqibatida 11 kishi, jumladan Birlashgan Arab Amirliklaridan bo‘lgan 5 nafar diplomat halok bo‘lib, 16 kishi jarohatlangandi. Jarohatlanganlar orasida Hoshim Karzaydan tashqari, viloyat gubernatori hamda BAAning Afg‘onistondagi elchisi ham bo‘lgan.

Bu terakt uchun javobgarlikni haligacha hech bir guruh o‘z zimmasiga olmadi.

Mavzuga oid