Jahon | 12:38 / 16.01.2017
15993
2 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda falokatga uchragan samolyot Turkish Airlines’ga tegishli bo‘lmagan

16 yanvar ertalab Qirg‘iziston poytaxti Bishkek yaqinida falokatga uchragan yuk samolyoti Turkish Airlines aviakompaniyasiga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu haqda Turkiyaning Rossiyadagi elchisi O‘rxan Gazigil aytdi.

"Olgan ma'lumotlarimizga ko‘ra, Bishkek yaqinida qulagan yuk tashuvchi samolyot "Turkiya havo yo‘llari"ga tegishli emas. U xususiy turk kompaniyalaridan biriga tegishli bo‘lgan", deb aytgan Gazigil.

Boeing 747-400 samolyoti Bishkekdagi "Manas" xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish polosasidan 1,5 km uzoqlikda falokatga uchragan. Samolyot aeroport yaqinidagi qishloq ustiga tushgan. Buning oqibatida 32 ta uy vayron bo‘lgan. Samolyot Gonkong-Bishkek-Istanbul reysi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Samolyot ekipaji 5 kishidan iborat bo‘lgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 37 kishi halok bo‘lgan. Ba'zi manbalarga ko‘ra, samolyot MyCargo Airlines kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. 

BIShKeKDA SAMOLYoT QULAShI >>>

Mavzuga oid