Fan-texnika | 18:44 / 16.01.2017
14158
1 daqiqa o‘qiladi

Bloger BMW M5 avtomobilini qizdirilgan pichoqda kesib ko‘rdi

Foto: motor.ru

YouTube videoxostingidagi Vehicle Virgins sahifasi muallifi navbatdagi sinovi aks etgan videolavhani tarmoqqa joylashtirdi. U o‘zining BMW M5 sedanini qizdirilgan pichoqda kesib ko‘rgan. Albatta, avtomobil bundan avval avtohalokatga uchragan edi. 

Blogerning hikoya qilishicha, videoda namoyish etilgan M5, orqa bamperiga shikast yetgan avtohalokatda ishtirok etgan. Kuzovning butlovchi qismi kesilgan pichoq dastlab Tselsiy shkalasi bo‘yicha 537 darajagacha qizdirilgan. 

Ta'kidlash joizki, qizdirilgan pichoq bilan qandaydir ashyo yoki buyumlarni kesish YouTube sahifalarida ancha mashhur. Masalan, MrGear kanali ham shunday ishlar bilan shug‘ullanadi. Kanali muallifi gazli ichimliklar solingan idishlar, smartfonlarni kesib ko‘rgan. 

Mavzuga oid