Senegal armiyasi Gambiyaga qo‘shin olib kirishga tayyorligini bildirdi
Gambiya bilan chegaraga safarbar qilingan Senegal armiyasi agar Gambiya prezidenti Yahyo Jamme o‘z lavozimini tark etmasa, bu davlatga qo‘shin olib kirishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Jamme avvalroq o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida muxolif nomzod Endryu Berrouga yutqazganiga qaramasdan, o‘z lavozimini tark etishdan bosh tortmoqda.
"Biz tayyormiz va yarim tungacha muxlat beramiz. Agar siyosiy yechimni topishga muvaffaq bo‘linmasa, biz vaziyatga aralashamiz", deb aytgan Senegal armiyasi vakili.
Senegal shuningdek BMT Xavfsizlik kengashiga "Gambiya xalqi istagi e'tiborga olinishi uchun barcha choralarni ko‘radigan" G‘arbiy Afrika iqtisodiy hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlash iltimosi bilan rezolyutsiya yo‘lladi.
"Yakun keldi. Buni qabul et", deb aytgan g‘olib Berrou Jammega.
Mavzuga oid
07:27 / 05.08.2024
Senegal Malidagi isyonchilar qo‘llab-quvvatlangani uchun Ukraina elchisini chaqirtirdi
10:51 / 26.03.2024
Senegaldagi saylovlar: Bassiru Diomayye Fay Afrikaning eng yosh prezidenti bo‘ladi
22:01 / 19.03.2024
O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
14:11 / 06.02.2024