Toshkentda yosh ayol va uning otasiga mushtumzo‘rlik qilgan "Malibu" haydovchisi jazosiz qolmoqda
"Novosti Uzbekistana" sayti tahririyatiga Usmonova M. ismli ayoldan Toshkentning Uchtepa tumanida u bilan yuz bergan kurakda turmaydigan hodisa haqida xabar berish iltimosi bildirildi.
10 yanvarda ayol mashina rulida bo‘lgan otasi bilan "Malibu" haydovchisi va undagi yo‘lovchi haqoratlari va mushtumzo‘rliklari jabrdiydalari bo‘lganlar. "Ming o‘rik" restorani oldida "Malibu"dagi "shovvozlar gazni bosib" Usmonova ketayotgan avtomobil yo‘lini to‘sganlar. Qizning otasi bazo‘r tormozni bosishga ulgurgan va mashina oynasini tushirib, "Malibu" haydovchisiga "Tinchlikmi?" deb murojaat qilgan.
Shundan keyin aqlbovar qilmas voqealar yuz berib ketgan. Qoidabuzar haydovchi mashinadan sapchib tushib, keksa erkakni yoqasidan olgan va unga so‘kina ketgan. Qiz otasining yonini ola boshlaganda, "Malibu"dagi ikkinchi yo‘lovchi uning boshiga ura ketgan va so‘kingan. Qiz bezori qo‘lidan bazo‘r chiqib ketib, mashinaga qaytib, sodir bo‘layotgan bezorilikni telefonga olmoqchi bo‘lgan. Biroq uni urgan yigit uning qo‘liga musht tushirib, unga baqira boshlagan. Unga sherigi ham qo‘shilib, qizning qo‘lidan telefonni tortib olib, uni oyog‘i bilan yanchib tashlamoqchi bo‘lgan. Ota bezorilar qo‘lidan telefonni yulib olib, qizini mashinaga o‘tkazib, voqea joyidan ketgan.
Qizning telefoni beshikast qolgan va yozib olingan video saqlanib qolgan.
Qiz darhol militsiyaga murojaat qilgan. Unga nozir telefon qilib, idoraga kelib ariza yozishni so‘ragan. Militsiya bo‘limiga bezori yigitlar ham kelib, "Malibu" haydovchisi o‘z harakatlarini inkor qila boshlagan va aksincha, DANga telefon qilib, qizning otasi uni urib, voqea joyidan qochib ketganini deyishini aytgan.
Shu kuni kechga yaqin ayolga o‘zini militsiya noziri Eshbakov Sh. ning sherigi deb tanishtirgan Bexzod ismli kimsa qo‘ng‘iroq qilgan va "ishni qanday bosdi-bosdi qilish" mumkinligini so‘ragan. U o‘z harakatlarini "Yigitlar yaxshi, rost aytmoqdaman, agar yomon bo‘lganlarida yonlarini olmasdim. Bizlarda ishlaydilar. O‘qishni tugatganlar", deb tushuntirgan.
Biroq ayol ishni "bosdi-bosdi qilishdan" bosh tortgan.
"Men IIV ishonch telefoniga murojaat qildim. Go‘shakni olgan odam o‘zini Mirziyod ismli mayor deb tanishtirgan. U arizamni qabul qilgan, so‘ngra qaytib qo‘ng‘iroq qilib, hammasi qonun bo‘yicha bo‘lishini va u ishni shaxsiy nazoratiga olishini aytgan. Bexzod kim degan savolimga Uchtepa tumani IIV boshlig‘i menga kimligini tushuntirishini aytgan. Militsiya noziri Eshbakov ochilgan ish raqamini va bezorilarning familiyasini menga aytmagan", deb voqeani so‘zlab bermoqda Usmonova.
Bosh prokuraturaga murojaatlar ham hech qanday natija bermagan.
Biroq ayol o‘zinikida qat'iy turib olgan. Qiz o‘zini qurbon deb hisoblamasa-da, biroq nizo oqibatida boshidan lat yegan. Qizning maqsadi surbetlik va jazolanmaslikni to‘xtatish va bunday odamlarga shunga o‘xshash yovuz harakatlarni boshqa odamlarga nisbatan amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik.
"Bugun ular keksalar va ayollarni uradilar. Bunaqada ertaga ko‘chalarimizga yovuz 90-yillar qaytib keladi. Bundaylar ulardan ko‘rqmasliklarini bilishi uchun ham qarshilik ko‘rsatish kerak", deb o‘z so‘zlarini intiholadi ayol.
O‘z nomimizdan shuni aytishimiz mumkinki, qonunbuzarlar kimligidan qat'iy nazar o‘z jazolarini oladilar, deb umid qilamiz, zeroki qonun oldida hamma tengdir.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024