YouTube videoresursi o‘z messenjerini joriy qilmoqchi
YouTube videoxostingi yaqin orada mobil versiyasida o‘z messenjerini ishga tushirmoqchi, deb yozmoqda vesti.ru.
Xabarlar bilan almashish uchun yangi platforma o‘tgan yil o‘rtalaridan beri sinalmoqda. Hozircha uni faqat kanadaliklar ishlata olishadi.
Kanada Shimoliy Amerika internet-bozorlarining o‘xshashligi hamda mahalliy "yulduzlarning" barqaror hamjamiyati sababli sinov maydonchasi sifatida tanlangan. Kanadada taxminan Kaliforniya shtatidagidek aholi yashaydi va kanadaliklar YouTube’da dunyodagi istalgan millat vakillaridan ko‘proq video bo‘lishadilar.
Google kompaniyasi YouTube’da messenjer funksiyasini kiritib, foydalanuvchilar ko‘rilgan videolarni Facebook yoki boshqa bir boshqa dasturga o‘tmasdan, muhokama qilishlarini istamoqda. Xizmatning imkoniyatlari roliklarga izoh berish bilan cheklanib qolmagan: suhbatdoshlar bir-birlariga istagan vaqtlarida matnli xabar yuborishlari hamda boshqa kontentga havolalar bilan bo‘lishishlari mumkin.
Chat Android va iOS qurilmalarda ishlaydi. Yangi funksiyaning qolgan joylarda ishga tushirilishi muddati aytilmagan.
Mavzuga oid
23:14 / 23.09.2024
YouTubeʼning eng mashhur yulduzi MrBeast’ga sud tahdid solmoqda
23:50 / 06.09.2024
YouTube o‘smirlarning vazn va fitnesga oid videolarni ko‘rishini cheklaydi
23:05 / 04.09.2024
Rossiyada YouTubeʼni tezlashtirayotgan operatorlarga ogohlantirish berildi
16:39 / 30.08.2024