Nokia 6 bir daqiqaga qolmay sotib bo‘lindi
Afsonaviy Nokia brendining bozorga qaytishidan keyingi ilk smartfoni Nokia 6 bo‘ldi va u faqatgina Xitoyda taklif qilindi. Smartfonni sotish bilan shug‘ullangan JD.com saytida Nokia 6 bir daqiqa ichida sotib bo‘lingan, deb xabar bermoqda Xitoyning Anzhuo resursi.
CES 2017 elektronika ko‘rgazmasida taqdim qilingan Nokia 6 smartfoni Nokia bozorga qaytganidan keyin eng kuchlisi ham, eng qimmati ham emasligi aniq bo‘ldi. 26 fevralda taqdim qilinishi mumkin bo‘lgan Nokia 8 va boshqa qurilmalar qiziqroq bo‘lishi va'da qilinmoqda.
Mutaxassislarning tanqidlariga qaramay, xaridorlar Nokia 6’ni kutishdi. Smartfonlar JD.com saytida 1699 yuandan (taxminan 250 dollar) paydo bo‘lganda bir daqiqaga qolmay talab ketilgan.
Biroq bu smartfonning birinchi partiyasi bo‘lgan. Keyingi partiyalar bunchalik sarosima uyg‘otmas va qurilma barchaga yetar. Smartfonning ko‘rsatkichlari quyidagicha: 4 Gb tezkor xotira va 64 Gb ichki xotira, 16 va 8 Mp li kameralar, 3000 mA-soat sig‘imga ega akkumulyator va Android 7.0 Nougat operatsion tizimi.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023