Jahon | 09:37 / 20.01.2017
16242
2 daqiqa o‘qiladi

Obama amerikaliklarga xayrlashuv maktubini yozdi

Bugun, 20 yanvarda o‘z lavozimini rasman tark etadigan AQSh prezidenti Barak Obama amerikaliklarga xayrlashuv maktubini yozdi. Maktub matni Oq uy saytida chop etildi

Obamaning ta'kidlashicha, u an'anaga ko‘ra maktubni Oval xonada vorisiga qoldirmoqda  va bundan avval AQShning 44-prezidenti bo‘lish sharafiga ega bo‘lgani uchun fuqarolarga minnatdorchilik bildirdi.   

"Men prezident lavozimidagi vaqtimda o‘rganganlarimni sizdan o‘rgandim. Siz meni prezident va inson sifatida yaxshiroq qildingiz", deb yozdi Obama.

Obama, shuningdek, o‘z hokimiyati davrida yuz bergan voqealarni ta'kidlab o‘tdi va har bir amerikalikning mamlakat kelajagi uchun hissa qo‘shganini aytdi.

Uning aytishicha, Amerika bir odamning loyihasi emas.

"Bizning demokratiyada eng qudratli so‘z "biz" so‘zi hisoblanadi. Biz – xalq. Biz hammasini uddalaymiz. Ha, biz qila olamiz", deb yozgan Obama maktubida.

Mavzuga oid