Rustam Emomali o‘z o‘rinbosarlariga kun-u tun navbatchilik qilish vazifasini topshirdi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri Rustam Emomali o‘z o‘rinbosarlari, poytaxtning 4 tumani rahbar o‘rinbosarlariga yangi ko‘rsatma berdi. Endilikda, ular tun-u kun navbatchilik qilishlari lozim. Navbatchilar ro‘yxati va ularning telefon raqamlari shahar hokimligining rasmiy – Dushanbe.tj saytida e'lon qilingan.
Ushbu navbatchilik 2017 yil 28 fevraligacha davom etadi. Bu choralar, qishgi mavsumda poytaxt aholisining muammolarini zudlik bilan hal etish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu haqda «AP» agentligiga Dushanbe hokimligidagi manba xabar qilgan.
Navbatchilar shaharliklar murojaat qiladigan muammolarni bartaraf etishda shaxsan javobgar hisoblanishadi.
Dushanbe shahar hokimi, shuningdek, «Barki tojik» energoxoldingi rahbariyatiga murojaat qilib, tashkilotda ham shunday navbatchilikni yo‘lga qo‘yishni so‘ragan.
Mavzuga oid
18:54 / 28.09.2024
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga pasport olishda noqonuniy yordam bergan jinoiy guruh ushlandi
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi
20:00 / 02.09.2024