Jahon | 23:23 / 20.01.2017
5800
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya shimolida 5 nafar turk harbiysi halok bo‘ldi

Suriyaning Al-Bob shahridagi Suflaniya tumanida minalashtirilgan avtomobil portlashi oqibatida 5 nafar turk harbiysi halok bo‘ldi va yana 9 nafari yarador bo‘ldi.

Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabida teraktni 20 yanvarda IShID jangarilari amalga oshirgani ma'lum qilindi. 

Yaralanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar. Bosh shtabda halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirildi va yaradorlarga tez orada sog‘ayib ketish tilandi.

Mavzuga oid