O‘zbekiston delegatsiyasi ShHTga a'zo davlatlarning maslahatlashuvlarida ishtirok etdi
2017 yilning 20 yanvar kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning maslahatlashuvlarida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi
Majlisda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev ham ishtirok etdi.
Uchrashuv oldidan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov delegatsiyalar rahbarlari bilan suhbatlashdi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari tashkilotni kengaytirish nuqtai nazaridan ShHT doirasidagi hamkorlikning amaliy masalalarini ko‘rib chiqdilar.
ShHT doirasida siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va gumanitar aloqalar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar va amaliy chora-tadbirlar batafsil muhokama qilindi. ShHT hududida tinchlik va barqarorlikni saqlash, farovonlik va taraqqiyotni ta'minlash maqsadida birgalikdagi sa'y-harakatlarni kuchaytirishga a'zo davlatlar tayyor ekanligi yakdillik bilan tasdiqlandi.
Maslahatlashuvlar chog‘ida tashkilotni kengaytirish jarayonining muvaffaqiyatli borishi, avvalambor, Hindiston va Pokistonning to‘laqonli a'zolikka qabul qilinishi ko‘p qirrali teng huquqli hamkorlik salohiyatining yanada ortishiga, ShHTning xalqaro nufuzi va rolining oshishiga imkon yaratishi qayd etildi.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024