Jahon | 08:31 / 21.01.2017
8335
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda halokatga uchragan yuk samolyotining "qora qutilari" shikastlangani ma'lum bo‘ldi

Foto: TASS

Bishkek yaqinida halokatga uchragan Boeing yuk samolyotining "qora qutilari" jiddiy shikastlangani ma'lum bo‘ldi, shu sababli undagi ma'lumotni oddiy tartibda tiklashning imkoni yo‘q. Bu haqda Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi. 

"Topilgan qora qutilar anchagina mexanik shikastlarga va yuqori harorat ta'siri izlariga ega. Shu sababli undagi ma'lumotni oddiy tartibda tiklashning imkoni bo‘lmadi. Qutilar xotira modullarining tahlili unda aviatsiya hodisasi haqida ma'lumot saqlanib qolganini ko‘rsatdi", deb ma'lum qilindi qo‘mitada. 

Qora qutilarning ochilishi va undan xotira modullarining olinishi qo‘mita hamda Turkiya, AQSh va Qirg‘iziston mutaxassislari bilan birgalikda o‘tkazildi.

Mavzuga oid