A seriya. «Milan» o‘z uyida «Napoli»ga yutqazdi, «Fiorentina» yirik hisobda g‘alaba qozondi
Italiya A seriyasining 21-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv Milandagi «San-Siro» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda «Milan» Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashdagi asosiy raqiblaridan biri «Napoli» bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqasida neapolliklar ikki marta to‘p kiritib mezbonlarni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. O‘ziga kelgan «Milan» esa 37-daqiqada birgina gol bilan javob qaytara oldi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Napoli» hisobidagi ochkolar soni 44taga yetdi va jamoa peshqadam «Yuventus»dan ikkita o‘yin ko‘p o‘tkazgan holda bir ochko ortda bormoqda. «Milan» esa 20ta uchrashuvda 37 ochko to‘plab 5-pog‘onani band etib turibdi.
Shuningdek yana bir uchrashuvda «Fiorentina» Veronada «Kevo» mehmoni bo‘lib yirik hisobda g‘alaba bilan qaytdi.
Italiya A seriyasi, 21-tur
Milan – Napoli 1:2 (1:2)
Gollar: Kutska (37) – Insine (6), Kalexon (9).
Milan: Donnarumma, Gomes, Kalabriya, Abate, Paletta, Kutska, Sosa (Bertolachchi, 74), Bonaventura, Pashalich (Nyang, 86), Suso, Bakka (Lapadula, 73).
Napoli: Reyna, Tonelli, Strinich, Xyusay, Albiol, Mertens, Allan (Rog, 86), Kalexon, Gamshik (Zelinski, 74), Insine, Jorjino (Diavara, 61).
Ogohlantirishlar: Mertens (12), Kalabriya (22), Sosa (26), Strinich (38), Tonelli (45), Gomes (51), Bakka (56), Kalexon (82).
Kevo – Fiorentina 0:3 (0:1)
Gollar: Telo (18), El-Babakar (52, penalti), Keza (90+4).
Kevo: Sorrentino, Kachchatore, Daynelli, Tsesar, Gobbi (Isko, 82), Kastro, de Guzman, Basten (Xetemay, 73), Birsa, Pellisse (Ingleze, 54), Medjorini.
Fiorentina: Teterushanu, Sanches, Rodriges (Tomovich, 82), Astori, Keza, Vesino, Badel, Telo (Olivera, 46), Bernardeski (Kristoforo, 67), Valero, El-Babakar.
Ogohlantirishlar: Birsa (17), Sanches (36), Tsesar (40), Medjorini (58), Bernardeski (65).
Mavzuga oid
12:12 / 23.04.2024
Derbida mushtlashuv va chetlatishlar. Italiyada chempion rasman aniq bo‘ldi
13:01 / 21.01.2024
Italiyada mojaro, «Arsenal»da 5 ta gol. Yevropada kun o‘yinlari
13:23 / 14.12.2023
«PSJ» amallab o‘lim guruhidan chiqdi, «Barsa» autsayderga yutqazishni «uddaladi». YeChLda so‘nggi tur o‘yinlari
16:53 / 12.12.2023