AQShda politsiyachi o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib o‘zganing hayotini saqlab qoldi
AQShning Spokan shahri politsiya zobiti Tim Shvering yonayotgan mashina ichidan bir ayolni chiqarib olib, uning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
20 yanvarda soat 22 larda qutqaruv xizmatiga Kimberli Novak ismli ayol qo‘ng‘iroq qilib, yonayotgan mashina ichida qamalib qolganini ma'lum qilgan.
Voqea joyiga birinchi bo‘lib Shvering yetib kelgan. U to‘qmog‘i yordamida mashina oynasida darcha ochgan, biroq mashina eshigini ocha olmagan. Shunda politsiyachi ayolni mashina ichidan tortib olgan.
"Men hayotimda bunchalik qo‘rqmagan edim. Hammayoq tutun edi va men nima qilishni bilmasdim", deb esladi voqeani ayol.
Ma'lum qilinishicha, voqea oqibatida politsiyachi kichik kesik jarohatlari olgan.
Mavzuga oid
20:47 / 02.10.2024
Muloyim durang – AQSh vitse-prezidentligiga nomzodlar debat o‘tkazdi
12:30 / 02.10.2024
AQSh Su-35'ning Alyaska yaqinidagi «xavfli manyovri»ni tanqid qildi
23:47 / 01.10.2024
Bayden amerikalik harbiylarga Isroilga yordam berishni buyurdi
20:41 / 01.10.2024