Google Android O’ni qachon taqdim etishi ma'lum bo‘ldi
Google kompaniyasi Google I/O ishlab chiqaruvchilari anjumani sanasini e'lon qildi. Tadbirda asosiy o‘rin - Android O taqdimotiga bag‘ishlanadi.
Google I/O – qidiruv giganti an'anaviy ravishda o‘zining yangi servislarini namoyish etuvchi anjuman bo‘lib, o‘tgan yilgi bunday tadbirda Android N va yangi mobil operatsion tizimiga mo‘ljallangan virtual reallik platformasi, Allo messenjeri, Android Wear 2.0 olib yuriluvchi uskunalar uchun operatsion tizim, shuningdek Google Yordamchi, Google Home uy yordamchisi, Google Foto, Duo videoqo‘ng‘iroqlar servisi taqdim etilgan. Bu yilgi tadbirdan esa yanada ko‘proq yangiliklarni kutishmoqda.
Google I/O 2017 17 may kuni boshlanib, uch kun davom etadi.
Tadbir AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Mauntin-Vyudagi Google qarorgohidan uncha uzoqda bo‘lmagan biznes-markazda o‘tkaziladi.
Birinchi kuni yangi Android O’ning taqdimoti bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ekspertlar kompaniya Chrome OS yangi imkoniyatlari haqida gapirib berishlari va biznes, ko‘ngilochar sohalar hamda aqlli uyga mo‘ljallangan boshqa mahsulotlarni taqdim etishini bashorat qilmoqda.
Google I/O 2017 anjumani sayti ishga tushirildi, biroq unda hozircha hech qanday ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
00:48 / 26.09.2024
Google Yevrokomissiyaga Microsoftʼning raqobatga zid bulutli amaliyoti ustidan shikoyat kiritdi
22:21 / 18.09.2024
Yevropa Ittifoqi sudi Google’ga belgilangan 1,5 mlrd yevrolik jarimani bekor qildi
21:33 / 10.09.2024
Google va Apple milliardlab dollar jarima to‘lash bo‘yicha Yevropa sudida yutqazdi
14:39 / 10.09.2024