Jamiyat | 09:55 / 25.01.2017
38672
1 daqiqa o‘qiladi

Peris Jyekson: Otam o‘ldirilgan

2009 yili hayotdan ko‘z yumgan mashhur pop qo‘shiqchi Maykl Jyeksonning 18 yoshli qizi Peris-Maykl Jyekson otasining tabiiy sabablardan o‘lganiga ishonmasligini aytdi. U Rolling Stone jurnaliga bergan intervyusida shunday fikrlarni bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Maykl qasddan o‘ldirilgan. Uning aytishicha, otasining o‘zi, «ular meni qachondir o‘ldiradi» degan.

«Bu aniq. Hammasi suiqasd ekani ko‘rinib turibdi. Barchasi avvaldan uyushtirilganga o‘xshaydi. Haqiqiy muxlislari va oila a'zolari buni biladi», — deb ishonch bildirgan Peris Jyekson.

U, shuningdek, aybdorlarni topib, ularni odil sudga tortishni xohlashini qo‘shimcha qilgan. Perisning qayd etishicha, otasining o‘limini «juda ko‘pchilik tilagan».

Mavzuga oid