O‘zbekiston | 17:29 / 25.01.2017
25449
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi shohko‘chalardan biridagi chorraha tiklandi

Toshkent shahrining O‘zbekiston shohko‘chasi bilan Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorraha qayta ochildi. 25 yanvar kuni bu yerda yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismlarini ajratib turuvchi to‘siq olib tashlandi. 

To‘siqlar joyi asfalt qoplamasi bilan qoplangan. Ayni vaqtda chorrahaning barcha yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil harakatlariga ruxsat berilgan. 

Ta'kidlash joizki, so‘nggi 3-4 oy mobaynida Toshkentning avval yopilgan qator ko‘chalari va chorrahalarida avtotransport harakatlari qayta tiklanmoqa.

Mavzuga oid