Nyu Yorkda terrorchilikni rejalashtirishda gumon qilingan 20 yilga qamaldi
AQSh sudi Nyu-York shtati fuqarosini 20 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. U qo‘poruvchilikni rejalashtirish va IShIDga moddiy yordam berganlikda aybdor deb topilgan.
FQB xodimlari 26 yoshli Emanuel Lutchmanni 2015 yil 30 dekabrda hibsga olishgan edi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Lutchman xorijdagi IShID a'zosidan ko‘rsatma olgani va Nyu York shtatining Rochester shahridagi bar yoki restoranlardan biriga qurolli hujumni sodir etishga tayyorlanganini aytgan. Uning keyingi rejalariga terrorchilik guruhiga qo‘shilish maqsadida mamlakatni tark etish ham kirgan.
Accociated Press agentligiga ko‘ra, advokat so‘ragan muddatdan ikki marta ko‘proq muhlat qayd etilgan hukm o‘qilganidan so‘ng, sudlanuvchi okrug sudyasi Frenk Jyerasiga o‘shqirgan.
"Sizningcha, men qamoqxonaga ketsam, menga o‘xshaganlar boshqa yo‘qmi?", — degan Lutchman sud zalida.
Bunga javoban, hakam sudlanuvchi ozodlikka chiqqach, kuzatuv ostida yashash muhlatini 30 yildan 50 yilga uzaytirgan.
Mavzuga oid
09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
20:19 / 28.09.2024