Jahon | 21:12 / 29.01.2017
20375
6 daqiqa o‘qiladi

Fotonigoh: hafta voqealari suratlarda

O‘tgan hafta mobaynida dunyoning barcha burchaklarida o‘ziga xos turli voqealar bo‘lib o‘tdi. Ularning barchasi qiziqarli va diqqatga sazovordir. Ammo ana shu voqealar suratlar orqali qabul qilinsa, u yanada jonlanadi, yanada boyiydi.

Dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasida bergan va'dalarini bajarishga kirishdi. Eng avvalo, u Qo‘shma Shtatlarni Transtinch okeani hamkorligidan chiqishi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda ilk taassurotlar  

Tesla’ning rasmiy saytida Model X 100D va Model S 100D yangi modellari haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, yangi Model S avvalgisiga qaraganda 30 km ko‘proq masofaga, ya'ni bir quvvatlanish bilan 539 km.ga yeta oladi. Model X 100D krossoveri esa, qo‘shimcha quvvatlanishsiz 475 km (avvalgisdan 10 km ko‘proq)ni ortda qoldira oladi.

Seshanba kuni Samsung Electronics so‘nggi uch yil ichida eng yaxshi kvartal haqida xabar berdi. Kompaniya Galaxy Note 7 flagmanining yonib ketishi bilan bog‘liq holat uchun IV kvartaldagi operatsion daromadni 1,79 mlrd dollarga tushib ketishini prognoz qilgan edi. Faqat IV kvartaldagina xotira kartasi, OLED va suyuq kristalli displeylar savdosida omadli bo‘ldi

Bundan tashqari, ayrim nashrlarda Samsung Galaxy S8 flagmani haqida batafsil ma'lumotlar paydo bo‘ldi. iPhone’ning asosiy raqobatchisidan bu gal qanday yangilik kutilyapti?

Ford’ning kredit bo‘linmasi AutoFi startapiga investitsiya kiritdi. Ushbu startap avtomobillarning onlayn savdosi texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Avto ishlab chiqaruvchining bergan ma'lumotiga ko‘ra, kompaniya mijozlar uydan chiqmagan holda Ford yoki Lincoln avtomobillarini sotib olishlari uchun AutoFi ishlab chiqqan dasturiy ta'minotdan foydalanadi.

Chorshanba kuni PPF Management kompaniyasi Nyu-Yorkning janubiy okrug sudiga bir qator shaxs hamda kompaniyalar, jumladan, Sberbank va uning rahbari Pavlovskgranit kompaniyasini egallab olish uchun noqonuniy kelishuvlar uyushtirgani aybi bilan ular ustidan da'vo kiritdi. 

25 yanvar kuni AQSh fond ideksi Dow Jones tarixiy maksimumni yangiladi va 20 000 punktni tashkil qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Dakota Access Pipeline va Keystone XL neft quvurlari qurilishini qayta boshlash haqidagi farmoyishni imzoladi. neft quvurlari qurilishi atrof-muhit himoyachilarining noroziliklari sababli avvalgi ma'muriyat tomonidan to‘xtatib qo‘yilgandi. Bundan tashqari, o‘tgan yil noyabrida Shimoliy Dakota hindulari ushbu qurilishga qarshi chiqishgan ham edi

Payshanba kuni Tramp Meksika chegarasida devor qurish haqidagi farmonga ham imzo chekdi va noqonuniy muhojirlikka qarshi siyosatni qat'iylashtirdi. Tramp g‘oyalarining biriga muvofiq, devorni Meksikadan keladigan importga 20 foizli soliq solish yo‘li bilan tiklash mumkin.

Harvard universiteti o‘zining ichki xej fondini yopishi va 230 ta xodimlar shtatini qisqartirishini ma'lum qildi.

Juma kuni Alphabet IV kvartaldagi hisobotini e'lon qildi. Uoll-strit analitiklari daromad 25 mlrd dollarni tashkil etishini kutishgan edi (bir yil oldin bu ko‘rsatkich 17 mlrd dollarni tashkil etgan edi). Ammo kompaniya 26 mlrd dollar ishlab topdi va bu o‘tgan yil ko‘rsatkichiga qaraganda 22 foizga ko‘pdir.

AQShning endilikda sobiq prezidenti Barak Obama oilasi yangi uyga ko‘chib o‘tdi. Uning yangi uyi poytaxtda joylashgan: Vashingtondagi uy oldindan sotib olingan. Bu maskan unga 5,3 mln dollarga tushdi. Bu uy qanday ko‘rinishga ega?

Shanba kuni Shimoliy Koreya oliy rahbari Kim Chen In Pxenyandagi Ryomyon ko‘chasidagi qurilishga tashrif buyurib, ishchilarni loyihani Quyosh kunigacha (15 aprel – Shimoliy Koreya davlati asoschisi, amaldagi rahbarning bobosi Kim Ir Sen tug‘ilgan kuni) yakunlashga chaqirdi

Xitoy, Tayvan, Hongkong va Makaoda millionlab xitoyliklar 28 yanvarda o‘zlarining sevimli bayramlari Chuntsze – Bahor bayramini kutib oladilar. Dunyodagi eng ko‘p sonli millatning vakillari qayerda yashamasinlar, o‘zlarining an'anaviy yangi yil bayramlarini bir xilda boy dasturxon atrofida kutib oladilar. Bu dasturxon oila farovonligi va urug‘ birlashuvini anglatadi. 2017 yil oy taqvimiga ko‘ra Xo‘roz yilidir

Yakshanba kuni AQShning Nyu York shahridagi Jon Kennedi nomli xalqaro aeroportidagi namoyishlar, bu yerda 12 nafar qochqin ushlanganidan so‘ng, avj olib ketdi. Qochqinlar AQSh migratsiya siyosati kuchaytirilgani sababli ushlangan edi. 300 nafardan ortiq namoyishchi aeroport xalqaro terminallaridan birining kelish hududida to‘planishdi.

Shveytsariyalik Rojyer Federer (17) Avstraliya ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslari finalida ispaniyalik Rafael Nadalni (9) 6:4, 3:6, 6:1, 3:6, 6:3 hisobida dog‘da qoldirdi