Jahon | 12:17 / 30.01.2017
11991
3 daqiqa o‘qiladi

Britaniya matbuoti: Germaniya – Rossiyaning navbatdagi nishoni?

Germaniya kansleri Angela Merkel dunyodagi liberal tartibni himoya qilish maqsadida to‘rtinchi muddatga kurashish uchun qat'iy bel bog‘lagan, deb yozadi Britaniyaning Financial Times gazetasi. Biroq, nemis mulozimlari rasmiy Moskva o‘ng kuchlar g‘alabasini ta'minlash uchun saylovlarga aralishishi mumkinligidan xavotirda. 

Shu bahona, Financial Times nashri, o‘tgan yili Berlinda istiqomat qiluvchi rus oilasi bilan bog‘liq xalqaro mojaroni yodga oladi. O‘tgan yilning yanvar oyida rus muhojirlari oilasi a'zosi 13 yoshli Liza F. uni muhojirlar o‘g‘irlab ketgani va jinsiy zo‘ravonlik qilganini ta'kidlagan edi. Biroq, nemis politsiyasi jinoyat alomatlarini ham, qabihlik ijrochilarini ham topa olmagan. Shunday ekan, xakerlik hujumining oqibatlariga doir qo‘rquv Bundestagning har bir a'zosiga tegishlidir, deb yozadi Financial Times nashri.

Garchi jinoyat alomatlari topilmagan bo‘lsa-da, Rossiyaning yetakchi OAV qizning so‘zlaridan kelib chiqqan holda, Germaniyadagi muhojirlarning tajovuzkorligi va ular sodir etayotgan jinsiy zo‘ravonliklar xususida qator lavhalar tayyorlagan edi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov esa, nemis tergovchilarini siyosiy jihatdan muhim ishni surishtirishni xohlamayotganlikda aybladi. 

Bugungi kunda Berlindagilar Kreml ma'muriyati bu kabi soxta xabarlar tufayli Germaniyadagi parlament saylovlariga ta'sir etishga urinib ko‘rishidan xavotirda. 

Britaniya nashrining yozishicha, Rossiya Germaniyaga ta'sir ko‘rsatishning turli usullariga ega. Xususan, SSSR parchalanganidan so‘ng, Rossiyaga g‘arb qadriyatlarini singdirish maqsadida tashkil etilgan qo‘shma tashkilotlar Moskvaga qo‘l kelishi mumkin. 

Biroq, Kremlning Ukraina va Suriyadagi harakatlari sababli, Rossiyaga do‘stona munosabatda bo‘lgan nemis elitalari munosabatlarni tiklashga unchalik ham shoshilayotgani yo‘q. Shu boisdan ham, Moskva oddiy insonlarga mo‘ljallangan ommaviy vositalar – internet va OAVlaridan foydalanishga urinib ko‘rishi tabiiy holdir, deb yozadi Financial Times.

Bundan tashqari, Rossiya xakerlik hujumlarini ham amalga oshirishi mumkin, deb taxmin qiladi Financial Times. 2015 yilda APT 28 nomi ostidagi xakerlar guruhi Bundestag serverlariga hujum qilgan va ma'lumotlarni o‘g‘irlagan edi. Ekspertlar bu guruhni Rossiya maxsus xizmatlariga aloqador, deb hisoblashadi. Rasmiy Kreml bu ayblovni inkor etgan bo‘lsa-da, gazetaning nemis maxsus xizmatlaridagi manbalari buning aksini ta'kidlashadi.

Mavzuga oid