Iroq Trampning muhojirlar bo‘yicha siyosatiga qarshi choralar ko‘rmoqchi emas
Iroq AQShning yangi prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan immigratsion siyosatga qarshi qandaydir choralar ko‘rishni rejalashtirmagan. Bu haqda Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy mahalliy televideniye orqali aytib o‘tdi.
"Iroq hukumati amerikaliklar ma'muriyatining iroqliklarni AQSh hududiga kiritmaslik bo‘yicha qaroriga javoban amerikaliklarga nisbatan shunday taqiq qo‘llamoqchi emas", degan vazir "Ar-Rafideyn" Strategik tadqiqotlar markazi xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida.
Bosh vazir aniqlik kiritishicha, "Donald Trampning pozitsiyasi bo‘yicha hech qanday qarshi chora ko‘rilmaydi".
Shu bilan birga u "Trampning qarori tufayli amerikaliklarni iroqliklarning dushmani sifatida qabul qilish kerak emasligi"ni ta'kidlab o‘tgan.
Uning bu chiqishidan oldinroq iroqlik deputatlar hukumatdan Trampning bu qaroriga xuddi shunday cheklovlar joriy etish orqali javob qaytarishni talab qilib chiqishgandi.
Trampning 27 yanvarda imzolagan farmoni 7ta musulmon davlat: Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolariga tegishlidir.
28 yanvar kuni Qohira aeroportida Trampning farmoni sabab Iroq va Yaman fuqarolari Nyu-Yorkka uchadigan samolyotga chiqarilmadi.
Tramp AQShga kirish tartibini kuchaytirdi
Mavzuga oid
23:04 / 02.10.2024
Uzbekistan Airways Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tishini e’lon qildi
08:10 / 01.10.2024
AQShning Iroqdagi harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
21:57 / 07.09.2024