Jahon | 20:04 / 30.01.2017
5311
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp aeroportlardagi muammolar muhojirlar haqidagi farmon sababli yuzaga kelmaganini aytdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShdagi bir qator aeroportlardagi muammolar muhojirlar haqidagi farmon sababli emas, balki Delta Air Lines aviakompaniyasi kompyuter tizimidagi nosozlik sababli yuzaga kelganini aytdi. 

"325 ming kishidan bor-yo‘g‘i 109 kishi so‘roq qilish uchun ushlangan. Aeroportlardagi jiddiy muammolar Delta kompyuter tizimidagi nosozlik, norozilar va senator Shumer ko‘z yoshlari sababli yuzaga kelgan", deb yozgan Tramp tvitterda.

Trampning fikricha, terrorchilar mamlakatga kirib olmaslaridan, ular bilan "xushmuomala" bo‘lmaslik kerak. Uning aytishicha, bu uning saylovoldi kampaniyasi bandlaridan biri bo‘lgan.

Bundan tashqari, Trampning ta'kidlashicha, farmon ijrosi bir haftaga kechiktirilganda mamlakatga jinoyatchilar yopirilgan bo‘lardi. 

Avvalroq Tramp qochqinlarning qabul qilinishi 120 kunga to‘xtatilishi haqidagi farmonni imzolagandi. Bundan tashqari, prezident qochqinlarni qabul qilish kvotasini qisqartirgan va Yaqin Sharqning 7 ta davlati fuqarolariga AQShga kirishni 90 kunga cheklagan.

Mavzuga oid