O‘zbekiston | 15:50 / 31.01.2017
37538
1 daqiqa o‘qiladi

Sobiq prokuror Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Xalq qabulxonasi"ga rahbar bo‘ldi 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida majlis bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Kruz.uz nashri.

Majlisni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Yerniyazov boshqarib borgan.

Majlis kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘istondagi "Xalq qabulxonasi"ga kadr tayyorlash masalasi ko‘rib chiqildi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi farmoyishi bilan Hakimbay Ashirovich Halimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Xalq qabulxonasi" rahbari etib tayinlandi.

Ma'lumot uchun, Hakimbay Halimov bungacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh prokurori lavozimida ishlagan. 

Mavzuga oid