O‘zbekiston IIV tizimidagi bir qator lavozimlarga yangi rahbarlar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator lavozimlar bo‘yicha tayinlovlar belgilandi. Bu haqda IIV rasmiy nashri bo‘lmish "Na postu" nashrida xabar qilindi.
Toshkent shahri:
Polkovnik Abduvohid Salomovich Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi IIV tashkiliy-inspektor boshqarmasi boshlig‘i;
Podpolkovnik Elbek Xayrulla o‘g‘li Xayrullayev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoiy qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i;
Podpolkovnik Behzod Alisher o‘g‘li Sayfullayev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi Xorijga kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Samarqand viloyati:
Podpolkovnik Farhod Fattoxovich Hasanov Samarqand viloyati jinoiy qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i;
Podpolkovnik Otabek Abdusamatovich Jalilov Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.
Navoiy viloyati:
Podpolkovnik Vahob Ne'matullayevich Saidov Navoiy viloyati ijtimoiy va moliyaviy ta'minot xizmati rahbari etib tayinlandi.
Mayor Shuhrat Yo‘ldoshevich Adumuratov Navoiy viloyati shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati rahbari etib tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati:
Polkovnik Nozim Nig‘matullayevich Xodjayev Qashqadaryo viloyati ijtimoiy va moliyaviy ta'minot xizmati rahbari etib tayinlandi.
Andijon viloyati:
Podpolkovnik Kamoliddin Sadirdinovich Shahobutdinov Andijon viloyati tergov boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Sirdaryo viloyati:
Podpolkovnik Bahriddin Abulqosimovich Qarshiboyev Sirdaryo viloyati Guliston tumani ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i.
Mavzuga oid
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024