Video: Ona qizchasi liftga qisilib qolmasligi uchun uni tepib yiqitdi
Malayziyadagi binolardan birida ona o‘zining 3 yoshli qizchasi liftda qisilib qolishdan saqlanishi uchun uni oyoqlari bilan tepdi.
Hodisa tasvirlangan videoda ko‘rish mumkinki, qizcha liftga yaqinlashganida uning eshiklari yopilayotgandi. Ona esa bu lahzada tushunadiki, agar qizchani eshikdan uzoqlashtirmasa, u eshiklar orasida qoladi. Shunda u darhol oyoqlarini ishga solib, qizchasini yiqitgan va uni qisilib qolishdan saqlagan.
"Liftda sensorlar yo‘q edi, faqat ichkaridan ochish uchun tugma bor. Qizchaning omadi kelgan. Sal qolsa uni eshik qisib qolardi. Uning onasi bu vaziyatda sovuqqonlikni saqlagan holda aql bilan harakat qilib, qizchasini qutqargan", — deya binodagi qo‘riqchining so‘zlarini keltirgan Daily Mail.
Mavzuga oid
07:50 / 20.09.2024
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
16:14 / 31.08.2024
O‘zbekiston va Malayziya "Halol" sertifikatini joriy etishni muhokama qildi
23:39 / 26.08.2024
Malayziyada noma’lum suvosti obekti bilan to‘qnashgan harbiy kema cho‘kib ketdi
09:16 / 22.08.2024