Video: Comedy Club’ning Putin va Tramp suhbatiga taqlidi juda ham mashhur bo‘lib ketdi
Tashqi qiyofasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga o‘xshash bo‘lgan Comedy Club rezidenti Dmitriy Grachev shouga tayyorlanish jarayonida davlat rahbarining amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan suhbatini taqlid qilib berdi. Videoni Facebook’da bir necha kun davomida ikki million marotabadan ortiq tomosha qilishdi.
Rolik 28 yanvar – Putin va Tramp telefon orqali muloqotidan biroz avval taqdim etilgan. Taqlid syujyetiga ko‘ra, «Putinga» Amerika prezidenti qo‘ng‘iroq qiladi, biroq davlat rahbari uni darhol tanimaydi. Shu bilan bir qatorda, «Putin» Tramp bilan qora rangli smartfon orqali suhbatlashishdan bosh tortadi. «Menga boshqa telefon beringlar, axir ularda prezident almashdiku», - deydi Grachev.
Shuningdek, unga Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko ham qo‘ng‘iroq qiladi. «Sizning qo‘ng‘irog‘ingiz siz uchun juda muhim», - deydi «Putin» va Lui Armstrongning Go Down Moses taronasini ijro etadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu taqlid efirga chiqarilmagan.
Mavzuga oid
08:30
Die Zeit: Shols Putinga qo‘ng‘iroq qilmoqchi
08:50 / 01.10.2024
Putin RF Xavfsizlik kengashi tarkibini 35 kishigacha kengaytirdi
23:50 / 30.09.2024
Putin va uning administratsiyasi xarajatlari 25 foizga oshadi
23:02 / 25.09.2024