Jahon | 20:45 / 05.02.2017
14765
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda belgiyalik professorga o‘lim hukmi chiqarildi

Eronda Bryusseldagi universitet vakili bo‘lgan tibbiyot o‘qituvchisi Ahmadrizo Jaloliyga nisbatan o‘lim hukmi e'lon qilindi. Bu haqda RTBF xabar tarqatdi.

«Gumanitar ish bilan shug‘ullangan ushbu olimga ommaviy e'lon qilinmasdan o‘lim hukmi chiqarilgan. Bu butun dunyo gumanitar huquqlari buzilishidir», — degan universitet  rektori Karolina Pauels.

Jaloliy josuslikda ayblangan, u  2016 yilning aprelida hibs qilingandi, o‘shanda u Eronga qarindoshlarini ko‘rish uchun kelgandi. Uning hamkasblari ma'lum qilishicha, professor siyosatga aralashmagan, uning hibsga olinishiga u isroillik olimlar bilan kasb yuzasidan aloqa qilgani sabab bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid