Kot-d'Ivuarda maxsus kuchlar isyon ko‘tardilar
Kot-d'Ivuar janubidagi Adiake shahrida maxsus kuchlar isyon ko‘tardilar. Bu haqda 7 fevralda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar maoshlari oshirilishi va yanvardagi tartibsizliklardan keyin hukumat va harbiylar o‘rtasida tuzilgan bitimga o‘xshash bitimni talab qilmoqdalar. Ba'zi namoyishchilar havoga o‘q uzganlar.
Yanvar boshida Kot-d'Ivuarda harbiylar maoshlari oshirilishini talab qilib tartibsizliklar uyushtirganlar. Isyonlar bir nechta shaharlarda bir necha hafta davom etgan. Mamlakat prezidenti Alassan Uattar buyrug‘i bilan mudofaa vaziri va harbiy boshqarmalar rahbarlari isyonchilar bilan muzokaralar o‘tkazishgan va ularning natijalariga ko‘ra harbiylarga maoshlari oshirilishga va'da qilingan.Kot-d'Ivuar, Adiake, maxsus kuchlar.
Mavzuga oid
18:01 / 16.08.2021
Afg‘oniston maxsus kuchlar korpusi tarqatib yuborildi
17:20 / 04.11.2020
Kot-d'Ivuar aholisi prezident saylovidan so‘ng zo‘ravonliklardan xavfsirab mamlakatni tark etmoqda
01:07 / 09.07.2020
Kot-d'Ivuar bosh vaziri vafot etdi
10:33 / 14.02.2020