Fan-texnika | 19:06 / 08.02.2017
6686
1 daqiqa o‘qiladi

Tata kompaniyasi sportkar ishlab chiqdi

Foto: motor.ru

Dunyodagi eng arzon avtomobilni ishlab chiqargan Hindistonning Tata kompaniyasi birinchi o‘rta motorli sportkar tizerini taqdim etdi. U Tamo markasi ostida chiqariladi. Avtomobil tasviri brendning Facebook’dagi sahifasida e'lon qilindi.

Yangilik Tamo Futuro deb ataladi. Birinchi bo‘lib Jyenevada mart oyidagi motorshouda kontsept-kar taqdim etilsa, seriyali variant 2018 yilning o‘rtalarida chiqariladi.

Ishlab chiqaruvchi yangi markadagi birinchi model “katta investitsiyalarni talab etmaydigan va kichik hajmlarda ishlab chiqariladigan” mashina bo‘lishini ma'lum qildi. Uni bir yil davomida atigi 250 nusxada chiqarish ko‘zda tutilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Futuro konstruksiyasida qimmat materiallardan foydalanilmaydi – faqatgina plastik va alyuminiy. Avtomobilning og‘irligi 800 kilogramm bo‘lib, 180 kuchli 1,2 litrli dvigatel bilan jihozlanadi.

Yangilik taxminan 2,5 million rupiy (37 ming dollar) turadi.

Mavzuga oid