Jahon | 15:15 / 08.02.2017
18752
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston xorijiy investorlarni mamlakatda GESlar qurishga taklif etmoqda

Foto: Reuters

Tojikiston qatarlik investorlarni gidroenergetik loyihalarni amalga oshirishga taklif qilmoqda. Tojikiston gidroenergetika sohasi katta salohiyatga ega, deb ma'lum qildi Tojikiston milliy banki raisi o‘rinbosari Jamoliddin Nuraliyev Qatar poytaxtida mamlakat investitsiya loyihalarining taqdimotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston dunyoda bir maydonga gidroenergetik manbalar nuqtai nazarida birinchi o‘rinni va aholi jon boshiga bunday manbalar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Respublika gidroenergetik manbalar zaxirasi bo‘yicha dunyoda sakkizinchi pog‘onada. Davlatning gidroenergetik salohiyati 527 mlrd kVt/s.ga teng.

Nuraliyevning ta'kidlashicha, Tojikistonda sakkizta maxsus loyiha ishlab chiqilgan bo‘lib, uni amalga oshirishda xorijiy investorlar ham qatnashishi mumkin. Uning qo‘shimcha qilishicha, taklif etilayotgan GESlarning o‘rnatilgan quvvati 250 MVt.dan 3600 MVt.gacha.

Tojikiston davlat mulki boshqarmasi va investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan yaratilgan investitsion xaritada o‘rta va yirik gidroelektrostansiyalarni qurish bo‘yicha 34ta loyiha taklif etilgan.

Xususan, Panj daryosida 12ta yangi stansiya, Zarafshon daryosida – oltita, Obi-Xingou daryosida – beshta, Surxobda – to‘rtta, Matcha va Vaxsh daryolarida uchtadan, hamda Amudaryo daryosida bitta stansiya qurish taklif etilmoqda.

Eng yirik loyihalar ichiga: Panj daryosida Rushon GES (o‘rnatilgan quvvat 3000 MVt), Panj daryosidagi «Granit darvozalar» GES (2100 MVt), Panj daryosida Jumar GES (2000 MVt), Panj daryosida Shirgovat GES (1900 MVt), Panj daryosida Hustav GES (1200 MVT) hamda Vaxsh daryosidagi Sho‘rob GES (900 MVt) qurilishini kiritish mumkin.

Mavzuga oid