Bananning biz bilmagan 10 foydali xususiyati
Bananlar — "foyda" bilan "shirin maza" bo‘lgan mahsulotdir. Uning tarkibidagi vitamin va boshqa moddalar bizning organizmizni har tomondan o‘rab turadi.
Quyida uning ko‘zga tashlanmaydigan foydali xususiyatlari bilan tanishamiz. Biroq bu barcha bananlarni ham yeyish mumkin, degani emas.
Onkologik kasalliklardan profilaktika
Bananda onkologik kasalliklarni (o‘simta nekrozi omili) oldini olishga yordam beruvchi muayyan oqsil mavjud. Bu moddaning miqdori yetilgan mevalarda ancha yuqori bo‘ladi. Shu sababli qora dog‘lar bilan qoplangan yoki qoraygan bananlarni iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Tomir tortishi bilan kurash
Minerallar yetishmovchiligi — mushaklardagi tomir tortishishining asosiy sababidir. Banan kabi kaliy va magniyga boy yegulikni iste'mol qilish mushak spazmlarini bartaraf qiladi. Shu sababli ko‘plab sportchilar uni o‘z taomlari ro‘yxatiga kiritishadi.
Buyrak kasalliklarini oldini olish
Tarkibida yetarli miqdorda kaliy bo‘lgan yegulik buyrakda tosh yig‘ilishining oldini oladi. Tadqiqotlarga muvofiq, bananni doimiy taomlar ro‘yxatiga kiritish buyrakdagi xavfli o‘smalar paydo bo‘lish ehtimolini ham 40 foizga qisqartiradi.
Mustahkam yurak
Yetarlicha kaliyga ega mahsulot qon bosimi oshib turadigan va yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlarga tavsiya qilinadi. Har kuni 1,3 grammdan bu mineral tanovul qilinsa, yurak bilan bog‘liq hastaliklarni 26 foizga qisqartiradi. Bu o‘rinda esa kuniga 2-3 dona banan yeyish foydali.
Toza qon tomirlar
Tomirlar o‘tkazuvchanligining yomonlashuviga ateroskleroz keltirib chiqaruvchi xolesterin sabab bo‘ladi. Bananlarda tomirlar tizimining salomatligini saqlaydigan fitosterollar mavjud.
Sog‘lom oshqozon
Bananlar oshqozon yarasi mavjud bo‘lgan kishilarga tavsiya qilinadi. Bu mevalar oshqozon devorini himoya qiluvchi shilimshiq sekretsiyasini ishlab chiqarishga yordam beruvchi maxsus fermentga ega.
Energiya manbai
Vitaminlar va minerallar ko‘pligi bananlarni ajoyib energiya manbai ekanligini tasdiqlaydi. Oddiy uglevodlar tezda hazm bo‘ladi va deyarli bir zumda zarur hollarda energiya resurslari taqchilligini to‘ldiradi.
Yaxshi kayfiyat
Bananlarda baxt garmoni (dofamin), shuningdek, asab tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi V guruhidagi vitaminlarga boy. Bu esa asablar taranglashib, kayfiyat buzilgan ko‘proq banan yeyish kerakligini anglatadi.
Diabetga yordam
Bu tropik mevalarda 2 toifali qand diabeti bilan og‘ringan bemorlar ahvolini yaxshilaydigan o‘zgacha kraxmal turi mavjud. Biroq bu modda ko‘proq yashil bananlarda uchraydi. Taqqoslash uchun, yashil mevada o‘rtacha hajmda — 12,5 gramm, yetilib pishganda esa 5 gramm kraxmal mavjud.
Kelishgan qaddi-qomat
Kraxmal ortiqcha hajm va yog‘li qatlamlar shakllanishining oldini oladi. Bu holatda tavsiya etiluvchi meva miqdori — 10 gramm. Albatta, bananlar yeyishdan tashqari, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda oziqlanish odatlarini nazorat qilish talab etiladi.
Mavzuga oid
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:19 / 13.11.2024
Ularni har kuni yutamiz: havoni ifloslantiruvchi 10 ta eng zararli modda
12:53 / 10.11.2024
Yangi tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqidagi stereotipni rad etdi
17:59 / 08.11.2024