"Sidqidildan ishlab, yaxshi yasha": Facebook hammuassisi ish va dam olishning muvozanati haqida
15 avgustda The New York Times gazetasi Amazon kompaniyasidagi ish sharoitlari haqida katta maqola chop etdi — Amerika kompaniyasining 100ga yaqin sobiq va amaldagi xodimlari AT-gigantiga "ishchilarning bor imkonini siqib olish"ga yordam beruvchi mehnatni optimallashtirishning "ayovsiz" tizimi haqida so‘zlab berishdi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘i va Asana servisi hammuassisi Dastin Moskvits o‘zining Medium'dagi blogida an'anaviy 8 soatlik grafik nafaqat xodimlar, balki kompaniyalar uchun ham foydali ekanini ta'kidladi. Moskovitsning shu mavzudagi maqolasi vc.ru'da taqdim etildi.
"Amazon — o‘z xodimlariga katta talablar qo‘yadigan yagona kompaniya emas. Bunday salbiy muhitdan chiqish vaqti keldi.
O‘tgan haftada men Berklidagi SPARC'ning serg‘ayrat talabalar guruhi bilan suhbatlashdim. Bir necha kishi mening nimalarni oldindan bilishni xohlashim, shuningdek ish faoliyatimning avvalgi davri bilan bog‘liq afsuslarim haqida so‘rashdi - men doim o‘z hayotimni boshqacha yashab o‘tishni istashim to‘g‘risidagi g‘oyaga qaytaman.
Men ko‘proq uxlashni, shuningdek muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishni xohlardim. Nima iste'mol qilayotganimga ko‘proq ahamiyat berishni istardim. Menga o‘sishga yordam bergan yangi faoliyat turlariga ko‘proq vaqt ajratishni xohlardim.
O‘ylashingiz mumkin: agar ustuvor jihatlarni bunday joylashtirsangiz, umumiy ishga qo‘shadigan hissangiz kamaymaydimi? Ehtimol, Facebook nisbatan kamroq muvaffaqiyat qozongan bo‘larmidi?
Aslida esa men avvalgidan-da samaraliroq ishlashim mumkinligiga ishonaman: masalan, eng yaxshi yetakchi yoki bundan-da unumdor ishchi. Vahimalarim kamroq bo‘lardi, sog‘lig‘imdagi ba'zi muammolar bo‘lmasdi. Hamkasblarim bilan kamroq ziddiyatga borardim, chunki asosiy diqqatni ishga qaratgan bo‘lardim. Kichik muammolardan kamroq tashvishga tushgan bo‘lardim.
Qisqasi, energiyam ko‘proq bo‘lardi va men undan aqlni ishlatgan holda foydalanardim. Baxtliroq bo‘lardim. Mana nimadan afsusdaman: men o‘zimni ikki variantdan birini tanlagan odamdek his qilmayman. Yo‘q, men ikki tomondan ham ahmoqona qurbonlik qilganman.
Bu haftada texnologiya sanoati New York Times'ning maqolasini faol muhokama qilmoqda. Ko‘pchilik bu maqolani bir tomonlama deb hisoblamoqda. Ba'zi insayderlar esa kompaniyani ommaviy himoya qilishga qaror qilishdi.
Biroq, menimcha, aksariyat kishilar Amazon tizimi murakkab ekanligi bilan bahslashishmaydi, bu kompaniyada ishlash uchun esa haqiqatda bor kuchni sarflashga to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, bu texnologiya sanoatining asosi hisoblanadi: nomdor kompaniyalarda xodimlar bor kuch bilan ishlashadi - bu ko‘pchilikka ilojsizdek tuyuladi.
Biroq bu shunday bo‘lishi shart emas.
Ko‘pchilik dam olish kunlari va 40 soatlik ishchi haftasi - kapitalizm va gedonizmning o‘rtasi ekaniga ishonadi, biroq bu tarixan to‘g‘ri emas.
Aslida bu XX asr boshida Henri Ford tomonidan natijalarni yaxshilashga doir o‘tkazilgan tadqiqot xulosasidir. U insonlarga kamroq ishlash imkoni berilganda ko‘proq natija olish mumkinligini aniqladi. O‘shandan buyon qolgan tadqiqotchilar bu fenomenni nisbatan zamonaviy sanoat sharoitlarida o‘rganishda davom etishmoqda.
Natijalar aniq: haftasiga 40-50 ishchi soat me'yoridan o‘tilganda, qo‘shimcha ishdan olinadigan ijobiy natijalar keskin pasayib, salbiylashadi.
Agar rejadan tashqari ishlash vaqtini uzaytirishga harakat qilayotgan bo‘lsangiz, u holda siz shunchaki yuqori tezlik tasavvurini yaratmoqdasiz. Dam olish muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi texnologiya sanoati madaniyatida kuzatayotganlarim juda achinarli. Men bunday kompaniyalar o‘z ishchilarining hayotini barbod qiladi va buning evaziga hech narsa olmaydi, deb hisoblayman.
Asana va yana bir boshqa tezkor o‘suvchi kompaniya o‘rtasida tanlovni amalga oshirgan talaba menga ikkinchi jamoaning kechki soat 20:30da ovqatlanishini aytdi, go‘yoki bu ishchilarning ko‘proq ushlanib qolishi uchun motivatsiyadek. Ba'zilar bu bilan maqtanadi ham.
Bunday munosabat ishga bo‘lgan qiziqishini namoyon etishga intiluvchi yangi ishchilarga nafaqat ziyon yetkazadi, balki bunday grafikda ishlay olmaydigan insonlarni kamsitib, seksizm (insonlarni jinsi yoki nasliga qarab ajratish) va eyjizmni (insonlarni yoshiga qarab kamsitish) qo‘llab-quvvatlaydi.
Nima uchun kompaniyalar bunday qilishadi?
- ular (mehnat samaradorligiga oid) tadqiqotlar haqida bilishmaydi;
- ular tadqiqotlarning noto‘g‘riligiga ishonishadi;
- aksariyat odamlar rejadan tashqari ishlash — faollik hamda kompaniyaga sodiqlik ko‘rsatkichi ekaniga ishonishadi.
Mazkur uch omildan uchinchisi ayniqsa sezilarli. Biz Asana'da shunday madaniyatni qurishga qaror qildikki, unda odamlarning ortiqcha mashaqqatli mehnat qilishiga to‘g‘ri kelmasin. Biroq ba'zilar bunday ketishda kompaniya faol rivojlanmasligi yoki tezda o‘z dolzarbligini yo‘qotishidan xavotirga tushishdi.
Men ish ustida o‘tkazilgan soatlar va kompaniya rivoji o‘rtasida bog‘liqlik ko‘rmayman. Yaxshiki, bunday emas. Biz ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi sog‘lom muvozanatni saqlab qolishning uddasidan chiqmoqdamiz.
Bizning sanoatimiz o‘z salohiyatidan uzoq. Barchamiz ko‘proq narsaga erishishimiz mumkin edi, biz sanoatda faoliyat yurituvchi xodimlarga bundan-da yaxshi sharoitlarni yaratib berishimiz mumkin edi. Agar hayotingizdagi eng yaxshi yillaringizni ishga bag‘ishlamoqchi bo‘lsangiz, buni ongli ravishda bajaring. Siz o‘z hayotingiz bilan yashab turib, buyuk ishlarga qo‘l urishingiz mumkin. Siz bir vaqtning o‘zida barchasini uddalashingiz mumkin va fan sizning aynan shunday qilishingiz kerakligini tasdiqlaydi.
Izoh: Men ushbu matnni AT-sanoat nuqtai nazaridan yozdim, lekin bunday model, shubhasiz, barcha sohadagi kompaniyalarda qo‘llanishi mumkin.
Mavzuga oid
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
13:53 / 22.10.2024
Meta bepul ovqatlanish kuponlariga maishiy buyumlar xarid qilgan xodimlarni ishdan bo‘shatdi
23:24 / 12.10.2024
Meta Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan feyk akkauntlarni o‘chirib tashladi
19:21 / 04.10.2024