Andijonda ikki insonning hayotiga zomin bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati inspektori 10 yilga qamaldi
Andijon viloyati Baliqchi tumanining jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Andijon viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori, kichik serjantni 10 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda “Na postu” gazetasi xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Bunyodbek Qulmatov ismli inspektor o‘z xizmati vazifasini bajarayotgan chog‘da “Lasseti” rusumli avtomashinada yo‘l harakati talablariga javob bermay, tezlikni oshirgan hamda qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib “Neksiya” rusumli mashina bilan yuzma-yuz to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida “Neksiya” haydovchisi – Marg‘ilon shahridan bo‘lgan I.Mirzajonov va Namangan viloyatining Norin tumanilik Yo.Salimov vafot etgan.
Sud hukmi bilan Bunyodbek Qulmatov O‘zbekiston Respublikasi JKning 266 moddasi uchinchi qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
19:44 / 26.09.2024
“Odamlar qiynalyapti” - Andijonda sel oqizib ketgan ko‘prik qachon tiklanadi?
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024