Tramp: Eron bilan bitim Isroil uchun falokat bo‘lgan
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha bitim "Isroil uchun falokat" ekanini aytdi. U bu haqda Israel Hayom nashriga bergan intervyusida aytdi.
"Eron bilan bitim Isroil uchun falokat bo‘lgan. Uning tuzilgani aqlga sig‘maydi. U bo‘yicha muzokaralar yomon ketgan va u yomon bajarilgan", deb aytgan Tramp.
Tramp o‘zini "bitimlar odami" deb atagan va ular bilan bog‘liq barcha masalalarni tushunishini ta'kidlab o‘tgan.
"Men qayerda yaxshi, qayerda yomon bitim tuzilganini bilaman, biroq bu bitim tasavvurdan yiroq", deb aytgan Tramp.
Tramp Eron bu bitimga qanday munosabat bildirganiga e'tibor qaratib, Eron rahbariyati AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaga minnatdor bo‘lishning o‘rniga "u Oq uyni tark etguncha o‘zini ko‘rsatishni boshlaganini" aytdi.
Avvalroq Eronning oliy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy AQShning tahdidlariga 10 fevralda javob berishga va'da qilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:37 / 28.09.2024
AQShda «Xelen» to‘foni oqibatida 50 dan ortiq inson halok bo‘ldi
20:12 / 28.09.2024
Eron oliy rahnamosi «Hizbulloh» rahbari o‘ldirilganidan keyin xavfsiz joyga ko‘chirildi
19:19 / 28.09.2024
«Hizbulloh» rahbarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
18:53 / 28.09.2024