O‘zbekistonga dori vositalarini noqonuniy olib kirayotgan bir guruh fuqarolar qo‘lga olindi
Poytaxtlik G.Usmonova Dehlidan qaytayotib, Toshkent aeroportida tegishli hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan 390 dona ko‘z uchun mo‘ljallangan dori vositalarini yashirincha olib o‘tishga uringan paytda to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent Aero” IBK Axborot xizmati xabar bermoqda.
Istambuldan qaytgan fuqarolar A.Umirov, U.Xamidova, L.Atoyev, X.Yagmurov, shuningdek, Dehlidan uchib kelgan A.Turgunovlar ham dori vositalarini yashirin ravishda bojxona chegaralaridan olib o‘tishga uringan paytda fosh qilindi. Ushbu qonunubuzarlik holatlarida ular tomonidan jami qiymati 4 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan 405 dona dori vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi.
Turkiyadagi safarini yakunlab, O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolardan biri V.Sodiq 37 dona stomatologiya plombalarni olib kirishga uringanda qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan “Moskva-Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan A.Tuxtayevga (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) tegishli bagaj bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan hamda bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma'lum qilinmagan, 150 dona sun'iy eshitish moslamalarini bojxona nazoratidan yashirin ravishda olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.
Bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida, ushbu shaxs qiymati salkam 153 mln. so‘mlik mazkur tibbiy buyumlarni ularning o‘ramlarisiz olib kirishga harakat qilgan. Shu boisdan ham dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassislar mazkur sun'iy eshitish moslamalarini O‘zbekiston Respublikasida qayd etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida ma'lumot berish hamda tahlil ishlari olib borish imkoni yo‘q degan to‘xtamga kelishdi. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ta'kidlash joizki, o‘tgan 2016 yilda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 130 dan ortiq qonunbuzarlik holatlarida qiymati 2,4 mlrd so‘mdan ortiq dori vositalari va tibbiy buyumlarning yashirin olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024