O‘zbekiston | 21:38 / 11.02.2017
10184
5 daqiqa o‘qiladi

Bir guruh o‘zbekistonlik bolalar sog‘lomlashtirish uchun Germaniyaga otlanishdi

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga yordam berish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalash bo‘yicha bir qator loyihalarini amalga oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 1 avgustdagi PQ-2221-sonli “O‘zbekistonda aholi reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘ligini muhofaza qilish Davlat dasturi to‘g‘sida”gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, yurtimizdagi bemor bolalar chet eldagi nufuzli klinikalarda sog‘lomlashtirilmoqda. Kam ta'minlangan oilalardagi bemor bolalarni ijtimoiy va tibbiy jihatdan ko‘mak berish borasida muhim ishlarda nafaqat davlat tashkilotlari, balki nodavlat tashkilotlarining ham aloxida o‘rni bor. Shu maqsadda, fond tomonidan bemor bolalarni chet el nufuzli klinikalarida davolash maxsus dasturi ishlab chiqilgan.

Shunday loyihalaridan biri xalqaro hamkorlik doirasida yurtimizdagi bemor bolalarni chet el nufuzli klinikalarida sog‘lomlashtirishdir.

2002 yilda “Sog`lom avlod uchun” fondi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti bilan birgalikda uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi. Hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo‘lgan bemor va nogiron bolalar davolanadi va reabilitatsiya qilinadi. 2002-2016 yillar davomida o‘zbekistonlik 322 nafar bemor bola terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanishdi.

Ushbu xalqaro tashkilotning grant mablag‘i hisobiga 2016 yil davomida respublika bo‘yicha jami 160 nafar tug‘ma lab tanglay nuqsoni bo‘lgan nogiron bolada 23630,0 ming so‘m mablag‘ doirasida jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.

“Chiroyli oyoqchalar” loyihasi doirasida tug‘ma oyoq nuqsoni (maymoqlik) va “Qiyshiq bo‘yin” tashxisi bilan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni operatsiya qilish maqsadida 2016 yil davomida 209 nafar bemor bolada jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi va jami xarajat 29260,0 ming so‘mni tashkil etdi.

Shu bilan bir qatorda jami 28 nafar terining kuyish asoratlari bo‘lgan bemor bola plastik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi va jami xarajat 3920,0 ming so‘mni tashkil etdi.

2017 yil 15 fevral kuni soat 13:00 da Toshkent Xalqaro Aeroporti (VIP zalga 10:00dan 15:00gacha OAV xodimlari kirishlariga ruxsat etiladi)da quyidagi 8 nafar bemor bola Germaniya klinikalarida davolanish uchun fondning vakili hamrohligida Germaniyaga jo‘nab ketishadi.

1. Ergasheva Sevinch. 10.02.2006 yilda tug‘ilgan. Navoiy viloyati, Navoiy shahri, 10-kichik tuman, Lomonosov ko‘chasi, 1-uy 20-xonadon.

2. Mo‘minov Muhammadyusuf. 24.03.2009 yilda tug‘ilgan. Andijon viloyati, Shahrixon tumani, “Buvaydo”, MFY Oybek ko‘chasi.

3. Yangiboyev Hasan. 14.07.2012 yilda tug‘ilgan. Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani, “Bibizaynab” MFY.

4. Shodiyev Nurbek. 08.11.2005 yilda tug‘ilgan. Navoiy viloyati, Nurota tumani, Oxunboboyev ko‘chasi, 24-uy.

5. Ibragimova Zaxro. 02.05.2010 yilda tug‘ilgan. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, “Qoziguzar” MFY, Eshonpir ko‘chasi, 82-uy.

6. Tursunaliyeva Ortiqnisa. 22.04.2003 yilda tug‘ilgan. Namangan viloyati, Pop tumani, 4-Xalqobod ko‘chasi, 9-uy 11-xonadon.

7. Raimberganov Shoxjahon. 11.08.2011 yilda tug‘ilgan. Xorazm viloyati, Urganch tumani, “Sevanlar” MFY, Temur Malik ko‘chasi, 132-uy.

8. Saydullayev Musulmon. 08.07.2013 yilda tug‘ilgan. Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani, “Xo‘jaipok” MFY, “Sangak” qishlog‘i.

Shuningdek 19 fevral kuni soat 06:00da Germaniya Respublikasidan 11 nafar sog‘lomlashtirilgan bolalar yurtimizga qaytib kelishdi.

1. Davronbekov Abdulxodiy. 21.10.2006 yilda tug‘ilgan. Andijon viloyati, Andijon tumani, “A.Ismoilov” MFY, Teraktagi ko‘chasi, 35-uy.

2. Jamilov Bahodir, 17.05.2009 yilda tug‘ilgan. Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, 3-kichik tuman, 8-uy 3-xonadon.

3. Jamilova Durdona. 24.03.2008 yilda tug‘ilgan. Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, 3-kichik tuman, 8-uy 3-xonadon.

4. Bazarbayeva Gavharoy. 05.01.2009 yilda tug‘ilgan.

Mavzuga oid