Tramp KXDRning ballistik uchirishini qoralagan Abe tomonida ekanini bildirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirganini qoralab o‘tishdi. Bu haqda CNN telekanali ma'lum qildi.
«Shimoliy Koreyaning raketa sinovlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», — deya bayonot bergan Abe.
Donald Tramp Yaponiya bosh vazirini to‘la qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi.
«Men Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘zining ajoyib ittifoqdoshi Yaponiyani 100 foizga qo‘llab-quvvatlashini hamma tushunishini va to‘liq anglashini xohlardim», — dedi Tramp Yaponiya bosh vaziri bilan birgalikda jurnalistlar qarshisiga chiqqanida.
KXDR shimoli-g‘arbidagi Pxyonan-Pukto provinsiyasida joylashgan poligondan 12 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:55da (Toshkent vaqti bilan soat 03:55 da) raketa uchirdi. Janubiy Koreya Shtab boshliqlari qo‘mitasi harbiylari ma'lumotlariga ko‘ra, raketa 500 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tgan va Yapon dengiziga tushgan.
Mavzuga oid
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
20:19 / 13.09.2024
KXDR yadroviy qurol uchun mo‘ljallangan uran boyitiladigan zavod suratlarini e’lon qildi
20:56 / 05.09.2024