Sport | 08:42 / 13.02.2017
21004
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 1 yil: 25 million yevro maosh evaziga nima qilindi?

Argentinalik futbolchi Esekel Lavessi Xitoyning «Xebey Chayna Forchun» klubida o‘tkazgan bir yillik faoliyati davomida bironta ham to‘p kiritmay, 20 million funt sterlingdan ortiq mablag‘ ishlab oldi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.

Argentinalik o‘z jamoasi uchun faqatgina 10ta bellashuvda maydonga tushgan. U bu uchrashuvlarda raqib jamoa darvozasiga bitta ham gol kirita olmadi.

Lavessi iyun oyida Amerika kubogi-2016 turnirining yarim finalida kiritilgan to‘pni nishonlay turib qo‘lini sindirib olgandi. U o‘shanda musobaqaning finalini o‘tkazib yuborib, qaytib kelgach esa «Xebey Chayna Forchun» zaxira o‘rindig‘iga muqim o‘rnashdi. 

Ma'lumot uchun, Lavessi Xitoyga 2016 yilning 12 fevral kuni ko‘chib o‘tgandi.

Mavzuga oid