Dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingi taqdim etildi
Savills xalqaro ko‘chmas mulk agentligi dunyoning eng qulay shaharlari reytingini taqdim etdi.
Reytingga ko‘ra, Kopengagen (Daniya) yashash uchun eng qulay shahar deya tan olindi. Ro‘yxatdagi ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Stokgolm (Shvetsiya) va Melburn (Avstraliya) egalladi.
"Daniya poytaxti, boshqa katta shahrlardan farqli o‘laroq, hozircha taraqqiy etgan ko‘ngilochar infratuzilmani taklif eta olmaydi. Biroq yosh mutaxassislarning keyingi avlodi hoynahoy unga ro‘yxushlik beradi, chunki ularning jismoniy salomatligi va farovon hayotiga u yoki bu lokatsiya ta'sir o‘tkazishi mumkinligi katta ahamiyatga ega bo‘ladi", - deya ta'kidlanadi agentlikda.
Shahar qulayligi sifatiga atrof-muhitning ifloslanish darajasi, jinoyatchilik darajasi, ishgacha bo‘lgan yo‘lga sarflanuvchi vaqt va sog‘liqni saqlash tizimidagi vaziyat ta'sir ko‘rsatadi.
O‘tgan yili The Local portali va Metropolis jurnalida chop etilgan eng qulay shaharlar reytinglarda ham Kopengagen yetakchilik qilgan. 2013 va 2014 yillarda Britaniyaning Monocle jurnali versiyasida ham shu shahar birinchilikni qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
19:02 / 28.10.2024