Jahon | 10:17 / 14.02.2017
5346
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

Iste'fodagi general Kit Kellog AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga vaqtincha bajaruvchi sifatida tayinlandi. Bu ma'lumot Oq uy tomonidan tasdiqlangan.

Kellog bugun iste'foga chiqqani ma'lum bo‘lgan Maykl Flinning o‘rnini egalladi.

CNN telekanali Flinning iste'fosi uning Rossiya bilan aloqalari tufayli ro‘y bergani haqida xabar berdi.

O‘tgan haftada Washington Post nashri iste'fodagi general-leytenant, mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasining sobiq direktori bo‘lgan prezident maslahatchisi o‘tgan yilning dekabrida Rossiya elchisi Sergey Kislyakov bilan gaplashishganini haqida xabar bergandi. Ular Rossiyaga qarshi sanksiyalarni muhokama qilgan. Uning Rossiya tomoni vakillari bilan ancha avvalroq bo‘lgan aloqalari bo‘lgani aytildi.

Mavzuga oid