O‘zbekiston | 13:54 / 15.02.2017
37167
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident virtual qabulxonasiga eng ko‘p IIV va Toshkent shahri hokimligi ustidan shikoyat tushdi

PM.gov.uz portali – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2016 yil 23 dekabrga qadar Bosh vazir) virtual qabulxonasining faoliyatiga 4 oy to‘ldi. Bu haqda portalda taqdim etilgan xabarda aytildi.

Ushbu davr mobaynida 334 mingdan ortiq murojaatlarning ko‘rib chiqilganligi (jami kelib tushgan murojaatlar 2017 yil 24 yanvar holatiga 409 mingni tashkil etmoqda) portalning jamiyat hayotida o‘z o‘rni borligiga dalolatdir.

Quyida raqamlar orqali (grafik ko‘rinishda) ifodalangan kichik sarhisob bilan tanishishingiz mumkin:

Eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahri aholisi tomonidan yuborilmoqda. Bu qisman, Internet foydalanuvchilarining ham eng katta qismi aynan Toshkent shahriga to‘g‘ri kelishi bilan ham bog‘liq.

Eng ko‘p murojaatlar quyidagi davlat idoralariga ijroga yuborilgan va ijrosi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Aksariyat murojaatlar Internet orqali yuborilmoqda.

 

Mavzuga oid