Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 15 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi hukumat raisi o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligdagi delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Toshkent shahridagi biznes-markazida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlar ma'lumotlar almashish va 2016 yilning 25 martida Moskvada bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning 17-yig‘ilishidagi protokol qarorlar ijrosiga oid masalalarni muhokama qilishdi. Shuningdek savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik istiqbollari, huquqiy bazani yanada kengaytirish, transport, ilmiy-texnik sohalar rivoji, atrof-muhit muhofazasi kabi bir qator masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Komissiya 2017 yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish zarurligi kontekstida mazkur yig‘ilishning ahamiyati katta ekani ta'kidladi.
Mavzuga oid
10:00 / 27.09.2024
Iqtisodchilar Germaniya uchun iqtisodiy prognozni pasaytirdi
21:01 / 23.09.2024
Odamlarning 1 foizi deyarli barcha aholidan boyroq ekani ma’lum bo‘ldi
18:31 / 30.07.2024
O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
12:14 / 15.07.2024